Экономический процессуальный кодекс

307-modda. Taftish tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) huquqi

(307-модда биринчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 14 августдаги ЎРҚ-1165-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.08.2026 й., 03/26/1165/0841-сон)

Apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko'rilgan ishlar bo'yicha tumanlararo iqtisodiy sudlarning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudining qarori ustidan Qoraqalpog'iston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga quyidagi shaxslar tomonidan taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin: ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to'g'risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar; O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil, bundan tadbirkorlik sub'yektlari o'rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan nizolar mustasno; O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o'rinbosarlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularning o'rinbosarlari prokuror ishtirokida ko'rilgan ish bo'yicha yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo'lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko'rilgan ish bo'yicha, shuningdek boshqa ishlar bo'yicha ushbu moddaning ikkinchi xatboshisida ko'rsatilgan shaxslarning murojaati mavjud bo'lgan taqdirda. Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan taftish tartibida ko'rilgan ishlar bo'yicha sud hujjatlari, ushbu sudlarning taftish instantsiyasining sud hujjatlari va ushbu sudlar tomonidan birinchi instantsiya bo'yicha qabul qilingan, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko'rilgan sud hujjatlari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birinchi instantsiya bo'yicha qabul qilingan, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko'rilgan sud hujjatlari ustidan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'atiga quyidagi shaxslar tomonidan taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin: ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko'rsatilgan shaxslar; O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o'rinbosarlari prokuror ishtirokida ko'rilgan ish bo'yicha yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo'lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko'rilgan ish bo'yicha, shuningdek boshqa ishlar bo'yicha ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko'rsatilgan shaxslarning murojaati mavjud bo'lgan taqdirda. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'ati tomonidan taftish tartibida ko'rilgan ishlar bo'yicha sud hujjatlari, shuningdek taftish tartibida qabul qilingan sud hujjatlari ustidan quyidagi shaxslar O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatiga taftish tartibida protest keltirishi mumkin: O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi — ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko'rsatilgan shaxslarning murojaatiga asosan; O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori — prokurorning ishtirokida ko'rilgan ish bo'yicha yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo'lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko'rilgan ish bo'yicha, shuningdek boshqa ishlar bo'yicha ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko'rsatilgan shaxslarning murojaati mavjud bo'lgan taqdirda.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.