Экономический процессуальный кодекс

3-modda. Iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqi va murojaatning shakli

(3-модда тўртинчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-888-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/888/0976-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Har qanday manfaatdor shaxs o'zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun iqtisodiy sudga (sudga) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda murojaat qilishga haqli. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda sudga boshqa shaxslar ham murojaat qilishga haqli. Sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas. Sudga murojaat qilish: fuqarolik huquqiy munosabatlaridan yuzaga keladigan nizolar bo'yicha — da'vo arizasi shaklida; buyruq tartibida ish yuritish, alohida toifadagi ishlar bo'yicha hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza shaklida; apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instantsiyasi sudlariga murojaat etilganda, shuningdek ushbu Kodeks hamda boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi. Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.