Экономический процессуальный кодекс

297-modda. Kassatsiya instantsiyasi sudi tomonidan ishni ko'rish tartibi

(297-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-888-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/888/0976-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Kassatsiya instantsiyasi sudi ishni sud majlisida ushbu bobda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda, ishni birinchi instantsiya sudida ko'rish qoidalari bo'yicha ko'radi. Kassatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha birinchi sud majlisi kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to'g'risida ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran yigirma kundan kechiktirmay o'tkazilishi kerak. Kassatsiya instantsiyasi sudida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish to'g'risidagi; da'voning predmetini yoki asosini, da'vo talablarining miqdorini o'zgartirish haqidagi; qarshi da'vo taqdim etish to'g'risidagi; ishda ishtirok etishga uchinchi shaxslarni jalb qilish haqidagi qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksda faqat birinchi instantsiya sudida ishni ko'rish uchun belgilangan boshqa qoidalar qo'llanilmaydi, bundan ishni birinchi instantsiya sudida ish yuritish qoidalari bo'yicha ko'rish holati mustasno. Kassatsiya instantsiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini o'tkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz ko'rishga to'sqinlik qilmaydi. Kassatsiya instantsiyasi sudida ishni ko'rish raislik qiluvchining yoki sudyalardan birining ma'ruzasi bilan boshlanadi. Ma'ruzachi ishning holatlarini, birinchi instantsiya sudi hal qiluv qarorining, apellyatsiya instantsiyasi sudi qarorining mazmunini, kassatsiya shikoyati (protesti) vajlarini va unga doir kelib tushgan yozma fikrni bayon qiladi. Shundan so'ng sud sud majlisida hozir bo'lgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini eshitadi, ular kassatsiya shikoyatida (protestida) ko'rsatilmagan vajlarni keltirishga va qo'shimcha dalillar taqdim etishga ham haqli. Dastlab kassatsiya shikoyati bergan shaxs yoki uning vakili yoxud, agar ish protest bo'yicha ko'rilayotgan bo'lsa, prokuror so'zga chiqadi. Hal qiluv qarori ustidan har ikkala taraf tomonidan shikoyat berilgan bo'lsa, birinchi bo'lib da'vogar so'zga chiqadi. Ushbu Kodeksning 50-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa shaxslar, agar ular hal qiluv qarori ustidan shikoyat bermagan bo'lsa, taraflar va uchinchi shaxslardan keyin so'zga chiqadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari eshitilganidan so'ng kassatsiya instantsiyasi sudi qaror qabul qilish uchun maslahatxonaga kiradi. Sud muhokamasi tugaganidan keyin qabul qilingan qarorning xulosa qismi e'lon qilinadi va u ishga qo'shib qo'yiladi. Qaror besh kun ichida to'liq hajmda tuziladi va imzolanadi. Raislik qiluvchi qarorning xulosa qismi e'lon qilinganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qarorning to'liq hajmda tuzilishi va ularga yuborilishi muddatini, shuningdek qaror ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibini tushuntiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.