Экономический процессуальный кодекс

293-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr bildirish

(293-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 20 мартдаги ЎРҚ-531-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 21.03.2019 й., 03/19/531/2799-сон)

Ishda ishtirok etuvchi shaxs kassatsiya shikoyatining (protestining) ko'chirma nusxasini olganidan keyin uning yuzasidan yozma fikrini hamda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga ushbu yozma fikrning ko'chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni kassatsiya shikoyati (protesti) ko'rib chiqiladigan kunga qadar yetib borishini ta'minlaydigan muddatda, kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to'g'risida ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran yigirma kundan kechiktirmay sudga yuborishga haqli. Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga vakolati borligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.