Экономический процессуальный кодекс

290-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish

(290-модда иккинчи қисмининг 5-банди Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-888-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/888/0976-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instantsiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi. Kassatsiya shikoyatini (protestni) ish yuritishga qabul qilish to'g'risidagi ajrimda quyidagilar ko'rsatilishi kerak: 1) ajrim chiqarilgan sana va joy; 2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari; 3) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 4) ustidan shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) sud hujjatlari; 5) sud majlisini o'tkazish vaqti va joyi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.