Kassatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
1) kassatsiya shikoyati (protesti) yo'llanayotgan sudning nomi;
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi;
4) ishning raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan sana, nizo predmeti;
5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari va shaxs qonunlarga yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ish holatlariga hamda dalillarga havola qilingan holda sud hujjatini noto'g'ri deb hisoblash uchun keltirgan asoslar;
6) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlar ro'yxati.
Kassatsiya shikoyatida uni berayotgan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ko'rsatilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
286-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni
(286-модда биринчи қисмининг 3-банди Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-888-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/888/0976-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.