Экономический процессуальный кодекс

282-modda. Kassatsiya shikoyati berish (protesti keltirish) huquqi

(282-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 30 сентябрдаги ЎРҚ-968-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.09.2024 й., 03/24/968/0760-сон)

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to'g'risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instantsiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida ko'rilmagan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga haqli. Prokuror, yuqori turuvchi prokuror birinchi instantsiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida ko'rilmagan hal qiluv qarori ustidan, agar ish bo'yicha prokuror ishtirok etgan bo'lsa yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo'lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko'rilgan ish bo'yicha, shuningdek ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslarning murojaati mavjud bo'lgan taqdirda, kassatsiya protesti keltirishga haqli. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil birinchi instantsiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida ko'rilmagan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga haqlidir, bundan tadbirkorlik sub'yektlari o'rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan nizolar mustasno. Birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori ustidan to'liq yoki qisman kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.