Экономический процессуальный кодекс

280-modda. Apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori

(280-модда иккинчи қисмининг 13-банди Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-888-сонли Қонунига асосан 2024 йил 1 январдан чиқарилади — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/888/0976-сон)

Apellyatsiya instantsiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko'rish natijalari bo'yicha qaror qabul qiladi, qaror ishni ko'rgan sudyalar tomonidan imzolanadi. Apellyatsiya instantsiyasi sudining qarorida quyidagilar ko'rsatiladi: 1) apellyatsiya instantsiyasi sudining nomi, qarorni qabul qilgan sud tarkibi, sud majlisi kotibi; 2) ishning raqami, qaror qabul qilingan sana va joy; 3) apellyatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning protsessual holati; 4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek ular vakillarining va sud protsessi boshqa ishtirokchilarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 5) nizo predmeti; 6) birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana, uni qabul qilgan sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari; 7) ish bo'yicha qabul qilingan hal qiluv qarori mazmunining qisqacha bayoni; 8) apellyatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan hal qiluv qarorining qonuniyligini va asosliligini tekshirish to'g'risida talab bildirilishiga doir asoslar; 9) apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikrda bayon qilingan vajlar; 10) ishda ishtirok etuvchi va sud majlisida hozir bo'lgan shaxslarning tushuntirishlari; 11) apellyatsiya instantsiyasi sudi tomonidan aniqlangan ish holatlari; sudning ushbu holatlar to'g'risidagi xulosalari uchun asos bo'lgan dalillar; sud qarorni qabul qilishda amal qilgan qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar; sudning u yoki bu dalillarni rad etishiga va ishda ishtirok etuvchi shaxslar havola qilgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qo'llamaganligiga doir sabablar; 12) agar birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori to'liq yoki qisman o'zgartirilgan bo'lsa, apellyatsiya instantsiyasi sudi uning xulosalariga qo'shilmaganligining sabablari; 14) apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko'rish natijalari to'g'risidagi xulosalar. Apellyatsiya instantsiyasi sudining qarorida ishda ishtirok etuvchi shaxslar o'rtasida sud xarajatlarining taqsimlanishi ko'rsatiladi. Apellyatsiya instantsiyasi sudi qarorining ko'chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u qabul qilingan kundan e'tiboran besh kundan kechiktirmay ushbu Kodeksning 188-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. Apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e'tiboran qonuniy kuchga kiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Apellyatsiya shikoyatiSud qarori ustidan yuqori instansiyaga; muddatni o‘tkazib yubormang.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.