Экономический процессуальный кодекс

28¹-modda. Arbitraj muhokamasi bilan bog'liq ishlar

(28¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 16 майдаги ЎРҚ-769-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.05.2022 й., 03/22/769/0421-сон)

Arbitraj muhokamasi bilan bog'liq ishlar jumlasiga «Xalqaro tijorat arbitraji to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan quyidagi arizalar bo'yicha ishlar kiradi: 1) arbitrni tayinlash to'g'risidagi; 2) arbitrni rad etishni qanoatlantirish haqidagi; 3) arbitr vakolatlarining amal qilishini tugatish xususida qaror qabul qilish to'g'risidagi; 4) arbitraj sudining yurisdiktsiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish haqidagi; 5) ta'minlash choralarini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi; 6) ta'minlash choralarini ko'rish haqidagi; 7) dalillarni olishga ko'maklashish to'g'risidagi; 8) arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi; 9) arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi. Ushbu moddaning birinchi qismida sanab o'tilgan ishlar iqtisodiy sudlar tomonidan iqtisodiy sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari bo'yicha ushbu Kodeksning 29¹-bobida ko'rsatilgan o'ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda ko'rib chiqiladi. Ushbu modda birinchi qismining 1 — 4, 7 va 8-bandlarida sanab o'tilgan ishlar iqtisodiy sudlar tomonidan faqat, agar arbitraj joyi O'zbekiston Respublikasida joylashgan bo'lsa, ko'rib chiqiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.