Экономический процессуальный кодекс

269-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish

(269-модда биринчи қисмининг 1¹-банди Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 30 сентябрдаги ЎРҚ-968-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.09.2024 й., 03/24/968/0760-сон)

Apellyatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar: 1) apellyatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan bo'lsa yoxud uni imzolash huquqiga ega bo'lmagan shaxs yoinki mansab mavqei yoki familiyasi va ismi, otasining ismi ko'rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo'lsa; 1¹) apellyatsiya shikoyatining (protestining) shakli va mazmuni ushbu Kodeksning 263-moddasida belgilangan talablarga muvofiq bo'lmasa yoki apellyatsiya shikoyatiga ushbu Kodeks 265-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar yoxud prokuror ishtirokisiz ko'rilgan ish bo'yicha keltirilgan protestga tarafning murojaati ko'chirma nusxasi ilova qilinmagan bo'lsa, bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo'lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko'rilgan ishlar mustasno; 2) apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) uning ko'chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligiga doir dalillar ilova qilinmagan bo'lsa; 3) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda to'langanligini tasdiqlovchi hujjatlar apellyatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan bo'lsa, qonunda davlat bojini to'lash muddatini kechiktirish, bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda iltimosnoma mavjud bo'lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo'lsa; 4) apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarorini qabul qilgan iqtisodiy sudni chetlab o'tgan holda yuborilgan bo'lsa; 5) apellyatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat o'tganidan keyin berilgan bo'lsa va o'tkazib yuborilgan muddatni tiklash to'g'risida iltimosnoma mavjud bo'lmasa; 6) apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to'g'risida ajrim chiqarilguniga qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) to'g'risida ariza tushgan bo'lsa. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to'g'risidagi ajrimda apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari ko'rsatiladi, apellyatsiya shikoyatini berishda to'langan davlat bojini qaytarish to'g'risidagi masala hal etiladi. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to'g'risidagi ajrimning ko'chirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va ilova qilingan hujjatlar bilan birga ushbu Kodeksning 197-moddasida belgilangan tartibda yuboriladi. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to'g'risidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to'g'risidagi sud ajrimi bekor qilingan taqdirda, apellyatsiya shikoyati (protesti) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyat (protest) bergan shaxs apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Apellyatsiya shikoyatiSud qarori ustidan yuqori instansiyaga; muddatni o‘tkazib yubormang.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.