Apellyatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
1) apellyatsiya shikoyati (protesti) yo'llanayotgan sudning nomi;
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan iqtisodiy sudning nomi, ishning raqami va hal qiluv qarori qabul qilingan sana, nizoning predmeti;
4) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari hamda shikoyat (protest) berayotgan shaxs ish holatlari va dalillarga, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga havola qilgan holda hal qiluv qarorini noto'g'ri deb hisoblash uchun keltirgan asoslar;
5) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlar ro'yxati.
Apellyatsiya shikoyatida shikoyat berayotgan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ko'rsatilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
263-modda. Apellyatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.