Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi arizani ko'rish natijalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy sudi ushbu Kodeksning 22-bobida belgilangan qoidalarga ko'ra ajrim chiqaradi.
Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi ish bo'yicha ajrimda:
1) chet davlat sudining yoki arbitrajining nomi va joylashgan yeri;
2) arizachi va qarzdorning nomlari (familiyasi, ismi, otasining ismi);
3) arizachi tan olish va ijroga qaratishni iltimos qilayotgan chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarori to'g'risidagi ma'lumotlar;
4) chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish yoxud uni tan olishni va ijroga qaratishni rad qilish to'g'risida ko'rsatma bo'lishi kerak.
Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi ish bo'yicha ajrim ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
257-modda. Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi ish bo'yicha ajrim
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.