Chet davlatlar sudlarining va arbitrajlarining iqtisodiyot sohasida yuzaga keladigan nizolar hamda boshqa ishlar bo'yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, agar bunday qarorlarni tan olish va ijroga qaratish O'zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalari hamda qonunchiligida nazarda tutilgan bo'lsa, ular O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlari tomonidan tan olinadi va ijroga qaratiladi.
Chet davlat sudining va arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish hamda ijroga qaratish masalalari iqtisodiy sud tomonidan nizo bo'yicha hal qiluv qarori o'z foydasiga chiqarilgan tarafning arizasi bo'yicha hal etiladi.
Ushbu Kodeks maqsadlari uchun chet davlat sudi deganda chet davlatning taraflar o'rtasidagi nizoni hal etuvchi vakolatli organi tushuniladi, chet el arbitraji deganda chet davlatning taraflar o'rtasidagi nizoni hal etish uchun doimiy yoki vaqtincha asosda faoliyat ko'rsatadigan nodavlat tashkiloti tushuniladi.
Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarori, agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, u qonuniy kuchga kirgan paytdan e'tiboran uch yil muddat ichida, tan olish va ijroga qaratish uchun taqdim etilishi mumkin.
Arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish masalalari, agar arbitraj joyi O'zbekiston Respublikasida joylashgan bo'lsa, ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda, «Xalqaro tijorat arbitraji to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan o'ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda hal etiladi.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
248-modda. Chet davlatlar sudlarining va arbitrajlarining hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish
(248-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 16 майдаги ЎРҚ-769-сонли Қонунига асосан бешинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.05.2022 й., 03/22/769/0421-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.