Chet ellik shaxslar iqtisodiyot sohasida o'zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun ushbu Kodeksda belgilangan sudga taalluqlilik va sudlovga tegishlilik qoidalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy sudlariga murojaat qilish huquqiga ega.
Chet ellik shaxslar O'zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va fuqarolari bilan teng protsessual huquqlardan foydalanadi va protsessual majburiyatlarni o'z zimmasiga oladi.
Ishda ishtirok etuvchi chet ellik shaxslar o'zining yuridik maqomini va iqtisodiyot sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi dalillarni O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudiga taqdim etishi kerak.
Sudlarida O'zbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining va fuqarolarining protsessual huquqlariga nisbatan maxsus cheklovlarga yo'l qo'yilayotgan davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslariga nisbatan javob tariqasida O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida cheklovlar belgilanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
245-modda. Chet ellik shaxslarning protsessual huquqlari va majburiyatlari
(245-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.