Экономический процессуальный кодекс

242-modda. Sudning immuniteti

(242-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudida chet davlatga nisbatan da'vo taqdim etishga, uni uchinchi shaxs sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilishga, chet davlatga qarashli bo'lgan va O'zbekiston Respublikasi hududida turgan mol-mulkni xatlash hamda unga nisbatan da'voni ta'minlash bo'yicha boshqa choralarni qo'llashga, O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish tartibida undiruvni shu mol-mulkka qaratishga, agar O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, faqat tegishli davlatning vakolatli organlari roziligi bilan yo'l qo'yiladi. Xalqaro tashkilotlarning sud immuniteti O'zbekiston Respublikasining qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi. Sud immunitetidan voz kechish chet davlatning qonunida yoki xalqaro tashkilotning qoidalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirilishi kerak. Bu holda O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudi ishni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda ko'rib chiqadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.