Экономический процессуальный кодекс

239-modda. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlarining chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar bo'yicha vakolatlari

O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlari iqtisodiyot sohasida chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar (bundan buyon matnda chet ellik shaxslar deb yuritiladi) ishtirokida yuzaga keladigan nizolar bo'yicha ishlarni quyidagi hollarda ko'rib chiqadi, agar: 1) javobgar O'zbekiston Respublikasi hududida turgan yoki yashayotgan bo'lsa yoxud O'zbekiston Respublikasi hududida javobgarning mol-mulki bo'lsa; 2) chet ellik shaxsning filiali yoki vakolatxonasi O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bo'lsa; 3) nizo O'zbekiston Respublikasi hududida bajarilishi lozim bo'lgan yoki bajarilgan shartnomadan kelib chiqqan bo'lsa; 4) talab chet ellik shaxs tomonidan yoki O'zbekiston Respublikasi hududida sodir bo'lgan boshqa holat bilan mol-mulkka zarar yetkazilishi tufayli yuzaga kelgan yoxud zarar O'zbekiston Respublikasi hududida yuzaga kelgan bo'lsa; 5) nizo O'zbekiston Respublikasi hududida asossiz boylik orttirishdan yuzaga kelgan bo'lsa; 6) ishchanlik obro'sini himoya qilish to'g'risidagi ish bo'yicha da'vogar O'zbekiston Respublikasida turgan bo'lsa; 7) nizo O'zbekiston Respublikasi hududida chiqarilgan qimmatli qog'ozlarning muomalasi bilan bog'liq munosabatlardan yuzaga kelgan bo'lsa; 8) yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktni aniqlash to'g'risidagi ish bo'yicha arizachi ushbu faktning O'zbekiston Respublikasi hududida mavjudligini ko'rsatayotgan bo'lsa; 9) nizo O'zbekiston Respublikasi hududida nomlar va boshqa ob'yektlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish hamda Internet jahon axborot tarmog'ida xizmatlar ko'rsatish bilan bog'liq munosabatlardan yuzaga kelgan bo'lsa; 10) bu haqda O'zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi yoki fuqarosi bilan chet ellik shaxs o'rtasida ushbu Kodeksning 241-moddasida belgilangan qoidalar bo'yicha tuzilgan bitim mavjud bo'lsa. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlari iqtisodiyot sohasida chet ellik shaxslar ishtirokida yuzaga kelgan nizolar bo'yicha ishlarni va nizoli huquqiy munosabatning O'zbekiston Respublikasi hududi bilan aloqasi mavjud bo'lgan boshqa hollardagi ishlarni ko'radi. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlari, shuningdek iqtisodiyot sohasida chet ellik shaxslar ishtirokida yuzaga keladigan va ushbu Kodeksning 240-moddasiga muvofiq ularning mutlaq vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni ham ko'radi. Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda ko'rib chiqish uchun iqtisodiy sud tomonidan qabul qilingan ish, garchi ish yuritish davomida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning joylashgan yeri yoki yashash joyi o'zgarishi yoxud boshqa holatlar munosabati bilan ish chet davlat sudining vakolatiga taalluqli bo'lsa-da, mazmunan ko'rilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.