Экономический процессуальный кодекс

236-modda. Yo'qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash to'g'risidagi ariza bo'yicha hal qiluv qarori

Sudning yo'qolgan sud ishini tiklash to'g'risidagi hal qiluv qarorida tiklanayotgan hujjatlarning mazmuni sudga taqdim etilgan va yo'qolgan ish bo'yicha sud protsessining barcha ishtirokchilari ishtirokida sud majlisida tekshirilgan qanday aniq ma'lumotlar asosida aniqlangan deb hisoblashi ko'rsatiladi. Yo'qolgan sud ishini yuritishni tiklash to'g'risidagi ish bo'yicha hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida yo'qolgan sud ishi bo'yicha sud tomonidan qanday dalillar tekshirilganligi va qanday protsessual harakatlar bajarilganligini isbot qiluvchi sud xulosalari ham ko'rsatiladi. Yo'qolgan ijro ishi, agar sud hujjatining ijrosi amalga oshirilgan bo'lsa, tiklanadi. Ijro hujjatining ijro etilishi to'g'risidagi hujjat davlat ijrochisi tomonidan ijro etish chog'ida amalga oshirilgan va hujjatda aks ettirilgan harakatlarning mazmuni ko'rsatilgan holda sudning hal qiluv qarori bilan tiklanadi. Ijro varaqasining dublikati berilishi mumkin bo'lgan ijro ishi u ijro etilguniga qadar yo'qolgan taqdirda, sud yo'qolgan ijro ishini tiklash to'g'risida ish qo'zg'atishni asoslantirilgan ajrim bilan rad etadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.