Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda ko'rib chiqiladi.
Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga binoan sud muhokamasiga tayyorlayotganda iqtisodiy sudda nizolashilayotgan hal qiluv qaroriga oid ish materiallarini hakamlik sudidan ushbu Kodeksda dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalar bo'yicha talab qilib olishi mumkin.
Iqtisodiy sud hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni ko'rib chiqish uchun to'sqinlik qilmaydi.
Iqtisodiy sud ishni sud majlisida ko'rib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun ushbu Kodeksning 226-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligini bildirilgan talablar va e'tirozlarni asoslash uchun sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yo'li bilan aniqlaydi.
Iqtisodiy sud ishni sud majlisida ko'rib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta ko'rib chiqishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
225-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.