Экономический процессуальный кодекс

223-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish

(223-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-1141-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.04.2026 й., 03/26/1141/0403-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 24 июль)

Hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining iqtisodiy sudga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori yuzasidan ushbu qarorni olgan kundan e'tiboran o'ttiz kun ichida huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar esa hakamlik sudi hal qiluv qarori qabul qilinganligi ularga ma'lum bo'lgan kundan e'tiboran o'ttiz kun ichida iqtisodiy sudga hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish haqida ariza berish yo'li bilan nizolashishi mumkin. Hakamlik sudining iqtisodiy sudga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori yuzasidan huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar ham nizolashishi mumkin. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risida ariza berilganligi nizo bo'yicha ish yuritish iqtisodiy sud tomonidan tugallanguniga qadar hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijrosi bo'yicha ish yuritishni to'xtatib turadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.