Ushbu Kodeksning 20 va 21-moddalarida ko'rsatilgan asoslar mavjud bo'lsa, sudya, prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi va tarjimon o'zini o'zi rad qilish haqida arz qilishi shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan ham shu asoslarga ko'ra ularni rad qilish haqida arz qilinishi mumkin. Prokurorni, ekspertni, mutaxassisni, sud majlisi kotibini, tarjimonni rad qilish sudning tashabbusiga ko'ra ham ko'rib chiqilishi mumkin.
O'zini o'zi rad qilish yoki rad qilish haqidagi ariza asoslantirilgan bo'lishi va ishni mazmunan ko'rish boshlanguniga qadar ma'lum qilinishi lozim.
Ishni ko'rish davomida o'zini o'zi rad qilish yoki rad qilish haqida ariza berishga o'zini o'zi rad qilish yoki rad qilish uchun asos o'zini o'zi rad qilish yoxud rad qilish haqida ariza bergan shaxsga ishni mazmunan ko'rish boshlanganidan keyin ma'lum bo'lib qolgan taqdirda yo'l qo'yiladi.
Ayni bir shaxs tomonidan ayni bir asoslar bo'yicha takroran rad qilish bildirilishi mumkin emas. Takroran rad qilish bildirilgan taqdirda, u ko'rib chiqilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
22-modda. Rad qilish haqidagi arizalar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.