Экономический процессуальный кодекс

21-modda. Prokurorni, ekspertni, mutaxassisni, sud majlisi kotibini va tarjimonni rad qilish

Prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi yoki tarjimon quyidagi hollarda ishni ko'rishda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u: 1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ular vakillarining qarindoshi bo'lsa; 2) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo'lsa yoxud uning xolisligiga shubha tug'diruvchi boshqa holatlar mavjud bo'lsa. Ekspertni va mutaxassisni rad qilish uchun quyidagilar ham asos bo'ladi: 1) uning ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yoki ularning vakillariga ishning muhokamasi paytida yoki o'tmishda xizmat vazifasi yuzasidan yoxud boshqa jihatdan tobe bo'lganligi; 2) u o'tkazgan taftish materiallari sudga murojaat qilish uchun asos yoki sabab bo'lib xizmat qilgan bo'lsa yoxud ishni ko'rishda ulardan foydalanilayotgan bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.