Экономический процессуальный кодекс

203-modda. Bayonnoma yuzasidan fikr-mulohazalar

Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari sud majlisi bayonnomasi bilan tanishib chiqishga va u imzolangan kundan e'tiboran besh kun ichida bayonnoma yuzasidan bayonnomada yo'l qo'yilgan xatoliklarni yoki undagi ma'lumotlarning to'liq emasligini ko'rsatgan holda yozma fikr-mulohazalar berishga haqli. Bayonnoma yuzasidan berilgan fikr-mulohazalarni raislik qiluvchi ko'rib chiqadi va ushbu fikr-mulohazalarga qo'shilsa, ularning to'g'riligini tasdiqlaydi hamda sud majlisining bayonnomasiga qo'shib qo'yadi. Raislik qiluvchi berilgan fikr-mulohazalarga qo'shilmasa, ular sud majlisida ko'rib chiqiladi. Berilgan fikr-mulohazalar barcha hollarda ishga qo'shib qo'yilishi kerak. Bayonnoma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar ular berilgan kundan keyin yetti kun ichida ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda ko'rib chiqilishi kerak. Biroq ularning kelmaganligi bayonnoma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalarni ko'rib chiqishga to'sqinlik qilmaydi. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan sudga besh kunlik muddatni o'tkazib taqdim etilgan yozma fikr-mulohazalar sud tomonidan ko'rib chiqilmaydi va ishga qo'shib qo'yiladi, bu haqda yozma fikr-mulohazalar bergan shaxsga ma'lum qilinadi. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari sud majlisining audio- yoki videoyozuvlari bilan tanishish huquqiga ega. Sud majlisining audio- yoki videoyozuvlarining ko'chirma nusxalari iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilariga ishni ko'rib chiqqan sudning ruxsati bilan beriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.