Alohida sud hujjati tarzida chiqariladigan ajrimda quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
1) sudning nomi, ishning raqami, ajrim chiqarilgan sana, sud tarkibi, sud majlisi kotibi, nizo predmeti;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq to'lovchi identifikatsiya raqami;
3) ajrim chiqarilayotgan masala;
4) sud o'z xulosalarini chiqarishiga olib kelgan sabablar, bunda tayanilgan qonunchilik hujjatlari;
5) ko'rib chiqilayotgan masala bo'yicha xulosa;
6) agar qonunda nazarda tutilgan bo'lsa, ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati.
Sud majlisida chiqarilgan ajrim chiqarilganidan keyin raislik qiluvchi tomonidan shu sud majlisining o'zida darhol o'qib eshittiriladi.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
196-modda. Ajrimning mazmuni
(196-модда биринчи қисмининг 2-банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 25 августдаги ЎРҚ-711-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.08.2021 й., 03/21/711/0825-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.