Экономический процессуальный кодекс

193-modda. Hal qiluv qarorining ijrosini ta'minlash

Hal qiluv qarorini ijro etish mumkin bo'lmay qoladi yoki qiyinlashadi deb hisoblash uchun asosi bo'lgan shaxslar ushbu hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga uning ijrosini ta'minlash to'g'risida ariza berishi mumkin. Arizada ijrosi ta'minlanishi zarur bo'lgan hal qiluv qarori va uni ta'minlash to'g'risida iltimos bilan murojaat qilishga arizachini undagan sabablar ko'rsatilishi kerak. Hal qiluv qarorining ijrosini ta'minlash to'g'risidagi masala ushbu Kodeksning 96-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.