Экономический процессуальный кодекс

190-modda. Hal qiluv qarorini tushuntirish

Hal qiluv qarori noaniq bo'lgan taqdirda, ushbu hal qiluv qarorini qabul qilgan sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning, davlat ijrochisining, zimmasiga sudning hal qiluv qarorini ijro etish yuklatilgan boshqa organlarning arizasiga ko'ra, hal qiluv qarorini uning mazmunini o'zgartirmagan holda tushuntirishga haqlidir. Hal qiluv qarorini tushuntirish to'g'risidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni, davlat ijrochisini, sudning hal qiluv qarorini ijro etish zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarni ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilgan holda sud tomonidan ko'riladi. Mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani ko'rishga to'sqinlik qilmaydi. Hal qiluv qarorini tushuntirish to'g'risidagi ariza u berilgan kundan e'tiboran yigirma kunlik muddatda ko'rib chiqiladi. Hal qiluv qarorini tushuntirish haqida yoki tushuntirishni rad qilish to'g'risida ajrim chiqariladi. Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.