Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud quyidagi hollarda qo'shimcha hal qiluv qarorini qabul qiladi, agar:
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar taqdim etgan biror-bir talab bo'yicha hal qiluv qarori qabul qilinmagan bo'lsa;
2) sud huquq to'g'risidagi masalani hal qilib, undiriladigan summa miqdorini, topshirilishi lozim bo'lgan mol-mulkni yoki javobgar amalga oshirishi shart bo'lgan harakatlarni ko'rsatmagan bo'lsa;
3) sud xarajatlari to'g'risidagi masala hal etilmagan bo'lsa.
Qo'shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to'g'risidagi masala hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar qo'yilishi mumkin.
Qo'shimcha hal qiluv qarori ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga yoki sudning tashabbusiga ko'ra qabul qilinishi mumkin.
Sud tomonidan qo'shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to'g'risidagi masala mazkur bobda belgilangan qoidalar bo'yicha sud majlisida hal qilinadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi qo'shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to'g'risidagi masalani ko'rishga to'sqinlik qilmaydi.
Qo'shimcha hal qiluv qarori asosiy hal qiluv qarori bilan birga qonuniy kuchga kiradi.
Qo'shimcha hal qiluv qarori ustidan asosiy hal qiluv qarori bilan birga shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Qo'shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish rad etilgan taqdirda, ajrim chiqariladi.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
189-modda. Qo'shimcha hal qiluv qarori
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.