Sud ishni mazmunan ko'rib chiqish natijalari bo'yicha hal qiluv qarori qabul qiladi.
Sud hal qiluv qarorini O'zbekiston Respublikasi nomidan qabul qiladi.
Hal qiluv qarori sudyalar maslahati sirini saqlash ta'minlanadigan sharoitlarda, sud majlisida ishtirok etayotgan sudyalar tomonidan qabul qilinadi.
Sud hal qiluv qarorini qabul qilayotgan xonada faqat ishni ko'rib chiqayotgan sud tarkibiga kiradigan sudyalar bo'lishi mumkin. Ushbu xonaga boshqa shaxslarning kirishi, shuningdek sud tarkibiga kirmaydigan shaxslar bilan muloqotda bo'lishning boshqa usullari taqiqlanadi.
Sudyalar hal qiluv qarorini qabul qilish chog'idagi muhokama mazmuni to'g'risidagi, sud tarkibiga kirgan ayrim sudyalarning nuqtai nazari haqidagi ma'lumotlarni biror-bir shaxsga xabar qilishga, sudyalar maslahati sirini boshqa usulda oshkor qilishga haqli emas.
Sudning hal qiluv qarori qonuniy va asoslantirilgan bo'lishi kerak. U sud majlisida tekshirilgan dalillargagina asoslangan bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
176-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.