Muayyan ishni ko'rish uchun sud tarkibi sudyalarning ish hajmi va ixtisoslashuvi hisobga olingan holda, sud tarkibini shakllantirishga sud muhokamasi natijasidan manfaatdor bo'lgan shaxslarning ta'sir ko'rsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda shakllantiriladi.
Bir sudya yoki sud tarkibi tomonidan ko'rilishi boshlangan ish aynan shu sudya yoki sud tarkibi tomonidan ko'rib chiqilishi lozim.
Sudya yoki sudyalardan biri:
sudya ushbu Kodeksda belgilangan tartibda o'zini o'zi rad qilgan yoki sudyani rad qilish haqida ariza berilgan va bu qanoatlantirilgan taqdirda;
sudya yo'qligi sababli ishni ko'rish imkoni bo'lmagan taqdirda almashtirilishi mumkin.
Sudya almashtirilganidan so'ng ishni ko'rish boshidan boshlanadi.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
17-modda. Sud tarkibini shakllantirish
(17-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 10 мартдаги ЎРҚ-607-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 11.03.2020 й., 03/20/607/0279-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.