Экономический процессуальный кодекс

167-modda. Sud majlisidagi tartib

Sudyalar majlis zaliga kirib kelganida va undan chiqib ketayotganida zalda hozir bo'lganlarning barchasi o'rinlaridan turadi. Sud jarayoni ishtirokchilari sudga «Hurmatli sud!» degan so'zlar bilan murojaat qiladi. Ular sudga o'z tushuntirishlari va ko'rsatuvlarini, savollarga javoblarini tik turib beradi. Bu qoidadan chetga chiqishga faqat raislik qiluvchining ruxsati bilan yo'l qo'yilishi mumkin. Sud majlisi sudning normal ishlashini va sud jarayoni ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlaydigan sharoitlarda o'tkaziladi. Sud majlisi zalida hozir bo'lgan hamda sudning ruxsati bilan sud majlisining fototasvirini, videoyozuvini, radio va televideniye orqali translyatsiyasini amalga oshirayotgan shaxslarning harakatlari sud majlisidagi tartibga xalaqit bermasligi kerak. Bu harakatlar sud tomonidan vaqt bo'yicha cheklanishi mumkin. Majlis vaqtida tartib buzilgan taqdirda, raislik qiluvchi tartibni buzgan shaxsni sud nomidan ogohlantiradi. Tartib takroran buzilgan taqdirda, mazkur shaxs raislik qiluvchining farmoyishi bilan sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi mumkin. Sudning hal qiluv qarorini majlis zalida hozir bo'lganlarning barchasi tik turib eshitadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.