Экономический процессуальный кодекс

163-modda. Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo'yicha harakatlari

(163-модда биринчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 10 мартдаги ЎРҚ-607-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 11.03.2020 й., 03/20/607/0279-сон)

Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog'ida quyidagi harakatlarni amalga oshiradi: 1) ishda ishtirok etish uchun boshqa javobgarni yoki uchinchi shaxsni jalb etish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqadi; 2) manfaatdor shaxslarni ishni yuritish to'g'risida xabardor qiladi; 3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ularning videokonferentsaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishga bo'lgan huquqlari haqida xabardor qiladi; 4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, boshqa tashkilotlarga, ularning mansabdor shaxslariga muayyan harakatlarni amalga oshirishni taklif etadi, shu jumladan nizoni hal qilish uchun ahamiyatli hujjatlar va ma'lumotlar taqdim etishni taklif etadi; 5) guvohlarni chaqirtiradi; 6) ekspertiza tayinlash to'g'risidagi masalani ko'rib chiqadi; 7) taraflarga zarur dalillarni olishga ko'maklashadi, taraflarning iltimosnomasi bo'yicha ularni talab qilib oladi; 8) taraflarni kelishtirish choralarini ko'radi; 9) da'voni va dalillarni ta'minlash to'g'risidagi masalalarni taraflarning iltimosnomasi bo'yicha hal etadi; 10) boshqa shaxslarning ishga kirishishi, ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish yoki da'vo talablarini alohida ish yuritishga ajratish, sudning sayyor majlisini o'tkazish to'g'risidagi masalalarni ko'rib chiqadi. Sudya ishning to'g'ri va o'z vaqtida hal etilishni ta'minlashga qaratilgan boshqa harakatlarni ham amalga oshiradi. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog'ida sudya fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo'yicha, bundan soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko'riladigan ishlar mustasno, da'vo arizasi ish yuritishga qabul qilingan va ish qo'zg'atilgan kundan e'tiboran o'n kun ichida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudgacha majlis o'tkazishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.