Ishda ishtirok etuvchi shaxs da'vo arizasi yuzasidan da'voga qarshi e'tirozlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan yozma fikrini va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yozma fikrining hamda ularda mavjud bo'lmagan hujjatlarning ko'chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillarni ish ko'riladigan kungacha yetib borishini ta'minlaydigan muddatda, ishni sud muhokamasiga tayyorlash to'g'risida ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran yigirma kundan kechiktirmay sudga yuborishga haqli.
Da'vo arizasi yuzasidan yozma fikrda ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining pochta manzili, telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili (agar ular mavjud bo'lsa) ko'rsatiladi.
Da'vo arizasi bo'yicha yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ish yuritishga doir vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
156-modda. Da'vo arizasi yuzasidan yozma fikr
(156-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 20 мартдаги ЎРҚ-531-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 21.03.2019 й., 03/19/531/2799-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.