Da'vo arizasi sudga yozma shaklda beriladi. U da'vogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Da'vo arizasida quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
3) agar da'vo baholanishi lozim bo'lsa, da'voning bahosi;
4) da'vo talablariga asos bo'lgan holatlar;
5) da'vo talablarining asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
6) undirilayotgan yoki nizolashilayotgan summaning hisob-kitobi;
7) da'vogarning qonunchilikka asoslab keltirgan talablari, da'vo bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilganda esa ularning har biriga nisbatan talablar;
8) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligi to'g'risidagi ma'lumotlar, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo'lsa;
9) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro'yxati.
Da'vo arizasida da'vogarning yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ko'rsatilishi mumkin.
Da'vo arizasida, agar nizoni to'g'ri hal qilish uchun zarur bo'lsa, boshqa ma'lumotlar, shuningdek da'vogardagi mavjud iltimosnomalar ko'rsatiladi.
Da'vogar o'zaro bog'liq bo'lgan bir nechta talabni bitta da'vo arizasiga birlashtirishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
149-modda. Da'vo arizasining shakli va mazmuni
(149-модда иккинчи қисмининг 7-банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.