Agar qarzdor uzrli sabab bilan o'z vaqtida kreditorning talabiga qarshi e'tiroz bildirish imkoniyatiga ega bo'lmagan bo'lsa, sud buyrug'ining ko'chirma nusxasi olingan kundan e'tiboran o'n kunlik muddatda huquqlari va majburiyatlari to'g'risida sud buyrug'i qabul qilingan shaxslar esa sud buyrug'i qabul qilinganligi ularga ma'lum bo'lgan kundan e'tiboran o'n kunlik muddatda o'sha sudga sud buyrug'ini bekor qilish to'g'risida ariza berishga haqli. Sud bunday holda buyruqni bekor qilishga haqli, shundan keyin kreditorning talabi da'vo ishini yuritish tartibida ko'rilishi mumkin.
Sud buyrug'ini bekor qilish to'g'risida yoki bekor qilishni rad etish haqida ajrim chiqariladi.
Sud buyrug'ini bekor qilish haqidagi yoki bekor qilishni rad etish to'g'risidagi ajrim ariza kelib tushgan kundan e'tiboran o'n kundan kechiktirmay sud muhokamasisiz, kreditor va qarzdor chaqirtirilmasdan, ularning tushuntirishlarini eshitmasdan chiqariladi.
Sud buyrug'ini bekor qilishni rad etish to'g'risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
147-modda. Sud buyrug'ini bekor qilish
(147-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-1141-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.04.2026 й., 03/26/1141/0403-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 24 июль)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.