Экономический процессуальный кодекс

138-modda. Sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar

Sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizaga quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi: 1) davlat boji hamda pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda to'langanligini; 2) sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizaning ko'chirma nusxasi qarzdorga topshirilganligini; 3) talabga asos bo'lgan holatlarni. Kommunal xizmatlar uchun haq to'lash bo'yicha qarzdorlikni undirish to'g'risida talablar bildirilganida sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizaga: 1) iste'molchi bilan tuzilgan shartnomaning; 2) qarzdor tan olgan qarz yuzaga kelgan davr ko'rsatilgan qarz hisob-kitobining; 3) penya hisoblanishi to'g'risidagi va iste'molchini tegishli kommunikatsiya tarmoqlaridan uzish haqida ogohlantirish ko'rsatilgan, qarzni uzish to'g'risidagi talabning; 4) iste'molchini tegishli kommunikatsiya tarmoqlaridan uzish haqidagi yoxud yetkazib berishni texnologik yoki avariya zaxirasi darajasigacha cheklash to'g'risidagi dalolatnomaning ko'chirma nusxalari ilova qilinadi. Agar sud buyrug'ini berish to'g'risidagi ariza kreditorning vakili tomonidan imzolangan bo'lsa, arizaga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.