Экономический процессуальный кодекс

135-modda. Sud buyrug'i berish bo'yicha talablar

(135-модданинг 5-банди Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 22 октябрдаги ЎРҚ-572-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 23.10.2019 й., 03/19/572/3943-сон)

Sud buyrug'i sudya tomonidan quyidagi hollarda yakka tartibda beriladi, agar: 1) soliq qarzini undirishni yuridik shaxslarning va fuqarolarning mol-mulkiga qaratish to'g'risida talab bildirilgan bo'lsa; 2) kommunal xizmatlar va aloqa xizmatlari to'lovi bo'yicha qarzdorlikni undirish to'g'risida tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan talab bildirilgan bo'lsa; 3) hujjatlar asosida tan olingan debitorlik qarzini undirish to'g'risida talab bildirilgan bo'lsa; 4) talab to'lanmagan, aktseptlanmagan va aktseptga sana qo'yilmagan veksel notarius tomonidan protest qilinishiga asoslangan bo'lsa; 5) yozma bitim mavjud bo'lgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta'minoti bo'lgan mol-mulkka qaratish to'g'risida talab bildirilgan bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.