Экономический процессуальный кодекс

132-modda. Kelishuv bitimining shakli va mazmuni

Kelishuv bitimi yozma shaklda tuziladi va kelishuv bitimini tuzgan shaxslar yoki ularning vakillari tomonidan imzolanadi. Kelishuv bitimida taraflar tomonidan kelishilgan majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari haqidagi qoidalar ko'rsatilishi kerak. Taraflar tomonidan kelishuv bitimi shartlari bo'yicha qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishi taraflarni bir-biriga yoki boshqa voqealarga (harakatlarga) bog'liq qilib qo'yishi mumkin emas. Kelishuv bitimida javobgar tomonidan majburiyatlarni kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib ijro etish to'g'risidagi, talab qilish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish haqidagi, qarzdan to'liq yoki qisman voz kechish yoxud qarzni tan olish to'g'risidagi, sud xarajatlarini taqsimlash haqidagi shartlar va qonunga zid bo'lmagan boshqa shartlar ko'rsatilishi mumkin. Agar kelishuv bitimida sud xarajatlarini taqsimlash haqidagi shart mavjud bo'lmasa, sud bu masalani kelishuv bitimini tasdiqlash chog'ida, ushbu Kodeksda belgilangan umumiy tartibda hal etadi. Kelishuv bitimi uni tuzgan shaxslar sonidan bitta ortiq nusxada tuziladi va imzolanadi. Ushbu nusxalardan biri ish materiallariga qo'shib qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.