Экономический процессуальный кодекс

126-modda. Sud jarimasi solish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish tartibi

Sud majlisida hozir bo'lgan shaxsga nisbatan sud jarimasini solish haqidagi masala shu sud majlisida hal etiladi. Sud majlisida hozir bo'lmagan shaxsga nisbatan sud jarimasini solish haqidagi masala boshqa sud majlisida hal etiladi. O'ziga nisbatan sud jarimasi solish to'g'risidagi masala ko'rilayotgan shaxs sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Tegishli tarzda xabardor qilingan shaxsning kelmaganligi sud jarimasi solish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqishga to'sqinlik qilmaydi. Sud jarimasi solish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish natijalari bo'yicha ajrim chiqariladi. Sud jarimasini solish to'g'risidagi ajrimning ko'chirma nusxasi jarima solingan shaxsga yuboriladi. Sud jarimasini solish to'g'risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Sud jarimasini solish to'g'risidagi ajrim ustidan shikoyat (protest) berilishi ajrimning ijrosini to'xtatib qo'ymaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.