Da'voning bahosi quyidagicha aniqlanadi:
1) pul mablag'larini undirish to'g'risidagi da'volar bo'yicha –undiriladigan summadan kelib chiqqan holda;
2) mol-mulkka bo'lgan mulk huquqini tan olish to'g'risidagi da'volar bo'yicha — mol-mulkning qiymatidan kelib chiqqan holda;
3) ijro etish hujjatini yoki undirish so'zsiz (aktseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan boshqa hujjatni ijro etish mumkin emas deb topish to'g'risidagi da'volar bo'yicha — nizolashilayotgan summadan kelib chiqqan holda;
4) mol-mulkni talab qilib olish to'g'risidagi da'volar bo'yicha — shu mol-mulkning qiymatidan kelib chiqqan holda;
5) yer uchastkasini talab qilib olish to'g'risidagi da'volar bo'yicha — yer uchastkasining belgilangan bahosi bo'yicha qiymatidan kelib chiqqan holda, bahosi mavjud bo'lmaganda esa bozor bahosiga ko'ra.
Da'voning bahosiga da'vo arizasida ko'rsatilgan neustoyka summalari ham kiritiladi.
Bir nechta mustaqil talabdan iborat da'voning bahosi barcha talablarning summasi bilan aniqlanadi.
Da'voning bahosi noto'g'ri ko'rsatilgan taqdirda, baho sud tomonidan aniqlanadi.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
114-modda. Da'voning bahosi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.