Экономический процессуальный кодекс

103-modda. Ish yuritishni to'xtatib turish muddatlari

(103-модда Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 20 мартдаги ЎРҚ-531-сонли Қонунига асосан 3¹-банд билан тўлдирилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 21.03.2019 й., 03/19/531/2799-сон)

Ish yuritish: 1) ushbu Kodeks 101-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — tegishli sudning sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga yoki tergov harakatlari tugallanguniga qadar; 2) ushbu Kodeks 101-moddasining 2 va 5-bandlarida, 102-moddasining 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — ish yuritishni to'xtatib turish uchun asos bo'lgan holatlar bartaraf qilinguniga qadar; 3) ushbu Kodeks 101-moddasining 3 va 4-bandlarida va 102-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan hollarda — ishda ishtirok etuvchi shaxsning huquqiy vorisi aniqlanguniga, muomalaga layoqatsiz shaxsga vakil tayinlanguniga, yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat ro'yxatidan o'tguniga qadar; 3¹) ushbu Kodeks 101-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda — mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tugaguniga qadar, biroq oltmish kundan ortiq bo'lmagan muddatda; 4) ushbu Kodeks 102-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — sud tomonidan ekspertiza xulosasi olinguniga qadar to'xtatib turiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.