Sud quyidagi hollarda ish yuritishni to'xtatib turishi shart:
1) mazkur ishni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, fuqarolik ishlari bo'yicha sud, jinoyat ishlari bo'yicha sud, ma'muriy sud yoki iqtisodiy sud tomonidan ko'rilayotgan boshqa ish yoki masala yuzasidan, shuningdek tergov harakatlari olib borilayotgan ish yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar ko'rish mumkin bo'lmaganda;
2) javobgar fuqaro O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismida bo'lganda yoki O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismidagi da'vogar-fuqaro tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilganda;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxs bo'lgan fuqaro vafot etganda, agar nizoli huquqiy munosabatlar huquqiy vorislikka yo'l qo'ysa;
4) ishda ishtirok etuvchi shaxs bo'lgan fuqaro muomala layoqatini yo'qotganda;
5) taraf sud tomonidan tan olinishi va ijroga qaratilishi to'g'risida ko'rilayotgan chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini bekor qilish yoki uning ijrosini to'xtatib turish haqida vakolatli organga iltimosnoma berganda;
6) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to'g'risida kelishuv tuzilganda.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
101-modda. Sudning ish yuritishni to'xtatib turish majburiyati
(101-модда Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 20 мартдаги ЎРҚ-531-сонли Қонунига асосан 6-банд билан тўлдирилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 21.03.2019 й., 03/19/531/2799-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.