«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun

56-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonani qayta tashkil etish yoki tugatish

(56-модданинг биринчи ва иккинчи қисмлари Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. O'z ustav fondini (ustav kapitalini) belgilangan muddatda ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda shakllantira olmagan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona uni amalda shakllantirib ulgurgan, ammo qonunchilikda belgilangan eng kam miqdordan oz bo'lmagan darajagacha kamaytirishi yoki o'zi boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga aylantirilishi mumkin. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning aktivlariga ushbu korxonalar tugatilgan taqdirda soliq solinadi. Aktivlarning qolgan qismi, agar ta'sis hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona ishtirokchilari o'rtasida ularning korxona mol-mulkidagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Chet ellik investor chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona tarkibidan chiqqan yoki ushbu korxona tugatilgan taqdirda korxonaning mol-mulkidagi o'z ulushini bozor qiymatiga muvofiq pul yoki tovar shaklida qaytarib olish huquqiga ega bo'ladi. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda o'zlari bilan mehnat shartnomalari tugatilgan xodimlarning huquqlari va manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.