Zarur muhandislik-kommunikatsiya sharoitlarini ta'minlash, shuningdek imtiyozlar berish uchun O'zbekiston Respublikasi Hukumati investitsiya loyihasini amalga oshirish bo'yicha investitsiya preferentsiyasi tarzida taqdim etiladigan moliyaviy ko'mak sifatida investitsiya subsidiyasini berishi mumkin.
Investorga zarur muhandislik-kommunikatsiya sharoitlari shaklidagi investitsiya subsidiyasi investitsiya faoliyati ob'yektiga olib boriladigan tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini O'zbekiston Respublikasi tomonidan qurish yo'li bilan ta'minlanadi.
Investitsiya subsidiyasi soliq va bojxona imtiyozlari sifatida ham berilishi mumkin.
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda investorning investitsiya subsidiyasi berish to'g'risidagi arizasini O'zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi Qonunida belgilangan tartib va muddatlarda ko'rib chiqadi hamda O'zbekiston Respublikasi Hukumatiga taklif kiritadi.
lex.uz’dagi asl matn«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun
36-modda. Investitsiya subsidiyasi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.