«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun

31-modda. Investorlarga va investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga davlat organlari bilan o'zaro hamkorlik qilishda ko'maklashish

Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi investorlarga boshqa davlat organlari bilan o'zaro hamkorlik qilishda ko'maklashish maqsadida ishni «yagona darcha» tamoyili bo'yicha tashkil etadi. Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi va uning hududiy bo'linmalari ishlarni «yagona darcha» tamoyili bo'yicha tashkil etish maqsadida davlat xizmatlari ko'rsatilishini ta'minlaydi, shu jumladan tegishli Davlat xizmatlari markazlari orqali ta'minlaydi. Ishlarni «yagona darcha» tamoyili bo'yicha tashkil etish quyidagilarni ham o'z ichiga oladi: mavjud davlat xizmatlari masalalari bo'yicha qabul qilish va maslahat berish; davlat xizmatlarini olish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirishda yordamlashish; elektron raqamli imzoni, elektron arizani va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirishda yordamlashish; davlat xizmatlarini olishda investorga davlat boshqaruvi organlarida va mahalliy davlat hokimiyati organlarida hamrohlik qilish. Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko'rib chiqish qabulxonalariga chet el investitsiyalarini va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish hamda ular ishtirokida loyihalarni amalga oshirish bilan bog'liq muammolarni hal etishda ko'maklashadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.