«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun

21-modda. Investitsiyalarni himoya qilish

(21-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Davlat investitsiyalarning O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq himoya qilinishini kafolatlaydi. Investorlarning investitsiyalari va boshqa aktivlari natsionalizatsiya qilinmaydi. Investorlarning investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilinmaydi, bundan tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiylar va favqulodda xususiyatga ega bo'lgan boshqa hollar mustasno. Investitsiyalarni rekvizitsiya va ekspropriatsiya qilish to'g'risidagi qaror rekvizitsiya yoki ekspropriatsiya qilishning quyidagi talablariga rioya qilingan taqdirda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi: investorlarning ushbu modda uchinchi qismida ko'rsatilgan holatlardan kelib chiqadigan vazifalarni hal qilish uchun zarur bo'lgan investitsiyalari yoki boshqa aktivlarining minimal hajmi bilan cheklansa; kamsitilmaydigan asosda amalga oshirilsa; yetkazilgan zararga monand kompensatsiya to'lash bilan birga amalga oshirilsa. Davlat mazkur kompensatsiya to'lovlari o'z vaqtida amalga oshirilishining kafili sifatida ish yuritadi. Investor sud va arbitraj tartibida, xususan, quyidagilar yuzasidan nizolashishga haqli: rekvizitsiyani (ekspropriatsiyani) amalga oshirish uchun foydalaniladigan maqsadning qonuniyligi; rekvizitsiyaning (ekspropriatsiyaning) miqdori; rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilinayotgan investitsiyalarni va boshqa aktivlarni baholash; to'lanishi lozim bo'lgan kompensatsiya to'lovining muvofiqligi; davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari rekvizitsiyani (ekspropriatsiyani) amalga oshirish chog'ida rioya etgan tartib-taomil. Investorlarning investitsiyalarini va tavakkalchiliklarini sug'urtalash ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.