«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun

11-modda. Investorning majburiyatlari

(11-модданинг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Investor: soliqlar va to'lovlarni to'lashi; investitsiya qilish munosabati bilan o'zi qabul qilgan shartnoma majburiyatlarini bajarishi; qonunchilik talablariga, shu jumladan raqobat to'g'risidagi, korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi, investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risidagi, mehnat to'g'risidagi, shaharsozlik to'g'risidagi, atrof-muhitni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunchilik talablariga, shuningdek texnika xavfsizligiga, sanitariya normalari va qoidalariga rioya etishi; shartnoma shartlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi sababli investitsiya faoliyati ishtirokchisiga yetkazilgan zararlarning o'rnini qoplashi; vakolatli davlat boshqaruvi organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining o'z vakolatlari doirasida qo'yiladigan talablarini bajarishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.