Davlat ijrochilari faoliyatining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta'minoti Majburiy ijro byurosi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag'lar hisobidan amalga oshiriladi.
Majburiy ijro byurosi organlari maxsus avtotransport vositalari, shu jumladan Majburiy ijro byurosiga mansubligini anglatuvchi maxsus chiroqli signallarga, bo'yoqlarning rangli grafik sxemalariga ega bo'lgan avtotransport vositalari, shuningdek boshqa maxsus vositalar bilan ta'minlanadi.
Davlat ijrochilarining faoliyatini qo'shimcha moliyalashtirish va moddiy-texnika ta'minotini yaxshilash maqsadida jamg'arma tuzilishi mumkin. Ushbu jamg'armani tashkil etish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
90-modda. Davlat ijrochilari faoliyatining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta'minoti
(90-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.