O'rta maxsus (yuridik) yoki oliy (yuridik) ma'lumotga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi, alohida hollarda esa, boshqa mutaxassislikdagi oliy ma'lumotga ega bo'lgan shaxslar davlat ijrochisi bo'lishi mumkin. Qoida tariqasida, oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi katta davlat ijrochisi bo'lishi mumkin.
Quyidagilarni:
Majburiy ijro byurosining markaziy apparati tarkibiy bo'linmalari (bundan bosh inspektorlar mustasno) va uning hududiy boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosi direktorining taqdimnomasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosining markaziy apparati tarkibiy bo'linmalari va uning hududiy boshqarmalari boshliqlarining o'rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan kelishilgan holda Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosi markaziy apparatining boshqa xodimlarini, hududiy boshqarmalarining tarkibiy bo'linmalari, tuman (shahar) bo'limlari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo'limlari boshliqlarining o'rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosi direktori bilan kelishilgan holda hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosi hududiy bo'linmalarining boshqa xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi hokimiyat vakilidir va u xizmat majburiyatlarini bajarayotganida qonunchilikda prokuratura organlari uchun nazarda tutilgan formali kiyim-bosh kiyadi.
Davlat ijrochilariga qonunchilikda belgilangan tartibda prokuratura organlari xodimlarining mansab darajalari beriladi.
Majburiy ijro byurosining direktori lavozimiga ko'ra O'zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmalarining boshliqlari tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilaridir.
Majburiy ijro byurosining sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boshqarmasi boshlig'i va hududiy boshqarmalarning sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish bo'limlari boshliqlari lavozimiga ko'ra tegishincha bosh davlat ijrochilarining o'rinbosarlaridir. Majburiy ijro byurosining sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boshqarmasi va hududiy boshqarmalarning sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish bo'limlari xodimlari davlat ijrochilari maqomiga ega bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
83-modda. Davlat ijrochisi
(83-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.