Birinchi navbatda: byudjetga va davlat maqsadli jamg'armalariga to'lovlar bo'yicha talablar; mehnatga oid munosabatlardan kelib chiqadigan talablar; alimentlar undirish bo'yicha talablar; mualliflik shartnomalari bo'yicha haqlarni to'lash bo'yicha talablar; hayotga yoki sog'liqqa yetkazilgan zararni qoplash bo'yicha talablar; advokatlar tomonidan ko'rsatilgan yuridik yordam haqini to'lash bo'yicha talablar qanoatlantiriladi.
Ikkinchi navbatda: ijtimoiy sug'urta bo'yicha talablar; jinoyat yoki ma'muriy huquqbuzarlik oqibatida jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash bo'yicha talablar qanoatlantiriladi.
Uchinchi navbatda majburiy sug'urta organlarining talablari qanoatlantiriladi.
To'rtinchi navbatda kreditorlarning mol-mulk bilan ta'minlangan talablari qanoatlantiriladi.
Beshinchi navbatda kreditorlarning mol-mulk bilan ta'minlanmagan talablari qanoatlantiriladi.
Oltinchi navbatda qolgan barcha talablar qanoatlantiriladi.
Qarzdorga bir necha talablar (ijro hujjatlari) bo'yicha solingan ijro yig'imlari ushbu moddaning birinchi — oltinchi qismlarida belgilangan tegishli talabni qanoatlantirish uchun mo'ljallangan ketma-ketlikka muvofiq undiriladi. Bunda qarzdorga nomulkiy xususiyatdagi ijro hujjatlari bo'yicha solingan ijro yig'imlari, shuningdek qonunda belgilangan muddatda realizatsiya qilinmagan mol-mulk mulkiy xususiyatdagi ijro hujjatlari bo'yicha undiruvchiga o'tkazilgan hollarda birinchi navbatdagi talablarga tenglashtiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
80-modda. Undiruvlar navbati
(80-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 22 октябрдаги ЎРҚ-572-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 23.10.2019 й., 03/19/572/3943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.