Qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkini xatlash va realizatsiya qilish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
birinchi navbatda — ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydigan ko'char mol-mulkka (qimmatli qog'ozlarga, qarzdorning depozit va boshqa hisobvaraqlaridagi pul mablag'lariga, valyuta qimmatliklari, yengil avtotransport, ofislar dizayni ashyolari, tayyor mahsulot (tovarlar), qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarga, ulardan tayyorlangan buyumlarga, shuningdek bunday buyumlar parchalariga va boshqalarga) nisbatan;
ikkinchi navbatda — tovarlarni ishlab chiqarishda, ishlarni bajarishda va xizmatlar ko'rsatishda bevosita foydalanilmaydigan mulkiy huquqlarga, shuningdek ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydigan va bevosita qatnashishga mo'ljallanmagan boshqa moddiy qimmatliklarga nisbatan;
uchinchi navbatda — tovarlar ishlab chiqarishda, ishlarni bajarishda yoki xizmatlar ko'rsatishda bevosita qatnashadigan mulkiy huquqlarga, ko'chmas mulk ob'yektlariga, shuningdek xom ashyo va materiallar, dastgohlar, asbob-uskunalar, ishlab chiqarishda bevosita qatnashishga mo'ljallangan boshqa asosiy vositalarga nisbatan.
Ushbu modda birinchi qismining qoidalari qarzdor jismoniy shaxsning tadbirkorlik faoliyati munosabati bilan sud yoki boshqa organ tomonidan berilgan ijro hujjatidagi talablar ijro etilgan taqdirda, undiruvni belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan qarzdor jismoniy shaxsning mol-mulkiga qaratishda ham qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
60-modda. Qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkini xatlash va realizatsiya qilish navbati
(60-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2009 йил 14 январдаги ЎРҚ-199-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2009 й., 3-сон, 9-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.