Qarzdor yuridik shaxs kassasining seyflarida saqlanayotgan va bu kassaning alohida ajratilgan xonasida yoki qarzdor yuridik shaxsning boshqa binolarida bo'lgan so'mdagi va chet el valyutasidagi naqd pul mablag'lari ular aniqlanishi bilanoq, qarzni uzish ijro yig'imi va ijro bo'yicha xarajatlarni qoplash uchun zarur bo'lgan miqdorda darhol olib qo'yilishi lozim.
Olib qo'yilgan so'mdagi pul mablag'lari ertasi kundan kechiktirmay qarzga teng miqdorda undiruvchining hisobvarag'iga o'tkazish uchun bankka topshiriladi. Ijro yig'imi summalari, shuningdek ijro xarajatlarining o'rnini qoplash uchun mo'ljallangan summalar davlat ijrochilarining depozit hisobvarag'iga o'tkazilib, so'ngra ijro xarajatlarining o'rni ushbu summa hisobidan qoplanadi.
Davlat ijrochisi qarzdor yuridik shaxsning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida va omonatlarida turgan yoki saqlanayotgan pul mablag'larini xatlash choralarini ko'radi.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
58-modda. Undiruvni qarzdor yuridik shaxsning pul mablag'lariga qaratish
(58-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 30 июлдаги ЎРҚ-551-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.07.2019 й., 03/19/551/3493-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.